
Bugungi raqamli davrda “startap” atamasi tobora ommalashib bormoqda. Uni ayniqsa texnologiyalar bilan bog‘liq yangiliklarda, yosh tadbirkorlar loyihalarida tez-tez uchratamiz. Ammo ko‘pchilik hali hanuz startapning asl mohiyati nima, u oddiy biznesdan nimasi bilan farqlanishini to‘liq anglab yetmaydi. Quyida bu ikki faoliyat turi o‘rtasidagi asosiy tafovutlarni tahlil qilamiz va O‘zbekistondagi misollarni ko’rib chiqamiz.
Startap nima?
Startap – bu bozorda mavjud muammoni innovatsion usulda hal qilishga intiluvchi, tez o‘sishga mo‘ljallangan yangi biznes modelidir. Odatda u biror ilgari mavjud bo‘lmagan xizmat yoki mahsulotni taklif qiladi. Startaplar tajriba, xatolik va o‘rganish asosida rivojlanadi. Startaplar risk darajasi yuqori, chunki ular bozor sinovlaridan o‘tish jarayonida ko‘plab o‘zgarishlar (pivot) qilishi mumkin. Ular tez o‘sishga, kengayishga, xalqaro miqyosda faoliyat yuritishga intiladi.
Misol uchun, O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan Payme, Click, Apelsin kabi to‘lov tizimlari dastlab startap bo‘lgan. Ular odamlarga bankka bormasdan, uyidan chiqmagan holda kommunal to‘lovlar, telefon, internet va boshqa xizmatlar uchun to‘lov qilish imkoniyatini yaratdi. Dastlab bu xizmatlar yangilik edi, hozir esa deyarli har bir inson hayotining bir qismiga aylangan.
Oddiy biznes-chi?
Oddiy biznes esa sinovdan o‘tgan, avvaldan mavjud bo‘lgan xizmatlar yoki mahsulotlar bilan shug‘ullanadi. Masalan, dorixona ochish, nonvoyxona yuritish yoki kiyim-kechak savdosi — bu klassik biznes shakllaridir. Ular odatda o‘z egasining mablag‘i yoki bank krediti asosida moliyalashtiriladi. Rivojlanish sur’ati nisbatan sekin, lekin barqaror bo‘ladi.
Oddiy biznesda mijoz kimligi, bozor talabi va mahsulot narxi odatda oldindan ma’lum. Shu bois bunday bizneslar kamroq xavf bilan ishlaydi. Misol uchun, shaharda ko‘plab kofe shoxobchalari mavjud bo‘lishi mumkin, ammo har biri o‘z mijozlariga ega va odatda uzoq yillar faoliyat yuritadi.
Asosiy farqlari qanday?
O‘zbekistondagi startaplar statistikasi
2023-yilga kelib, mamlakatda zamonaviy startaplar soni 1000–1200 atrofida bo’lgan. IT Park’ning rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil boshida IT Park tarmog‘ida 2600 dan ortiq kompaniya, jumladan 700 ga yaqin xorijiy korxona faoliyat yuritmoqda.
Startaplar faoliyati va ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ham ijobiy o‘sish kuzatilmoqda. Masalan, 2024-yilda O‘zbekiston startaplari jami $124,7 mln miqdorida investitsiya jalb qilganib, 538 ta startap ishtirok etgan (“President Tech Award” tanlovi natijalari). Aynan sun’iy intellekt (AI) va FinTech yo‘nalishlarida faoliyat yuritayotgan startaplar soni 2023-yilga nisbatan 1,5–1,7 barobar oshgani qayd etilgan. Bu yo‘nalishlar eng tez rivojlanayotgan sohalar sirasiga kiradi.
2019–2021-yillarda Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan jami 90 ta startap loyiha tanlov asosida moliyalashtirilib, ularning umumiy qiymati 70,3 mlrd so‘mni tashkil etgan va natijada 674 ta yangi ish o‘rni yaratilgan. Shuningdek, O‘zbekistonda 250 dan ortiq biznes inkubator va 200 ga yaqin akselerator faoliyat yuritmoqda. IT Park rezidentlarining umumiy daromadi esa 2025-yil boshiga kelib $1,6 mlrdga yetgan.
Yirik startap loyihalar:
ArzonApteka – $6 mln
2024-yil avgust oyida O‘zbekistonlik startap ArzonApteka $6 mln miqdorida investitsiya jalb qildi. Ushbu sarmoya Payme to‘lov xizmatining asoschisi Sarvar Ruzmatov va bir guruh yevropalik investorlar tomonidan kiritildi. Bu, mamlakat tarixidagi eng yirik startap sarmoyalaridan biri hisoblanadi.
Zip24 va Zypl AI – Plug and Play’dan $375 ming
Xalqaro miqyosda mashhur bo‘lgan Plug and Play akseleratori O‘zbekistonlik Zip24 va Zypl AI startaplariga jami $375 ming miqdorida investitsiya kiritdi. Bu sarmoyalar, mamlakatdagi sun’iy intellekt va logistika sohalarida faoliyat yuritayotgan startaplarning rivojlanishiga xizmat qilmoqda.
Mahalliy venchur fondlar – $1 mlndan ortiq sarmoya
O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan AloqaVentures, UzVC va Uzcard VC kabi mahalliy venchur fondlar, 2024-yil davomida startap loyihalarga jami $1 mlndan ortiq sarmoya kiritdi. Bu fondlar, mamlakatdagi innovatsion ekotizimni rivojlantirishda muhim rol o‘ynamoqda.
O‘zbekistonda startap ekotizimi endilikda eksperimentlar maydonchasi emas, balki real iqtisodiy kuchga aylanmoqda. Yangi texnologiyalar, sarmoya oqimi va xalqaro hamkorliklar tufayli bu yo‘nalish tez sur’atlar bilan rivojlanmoqda.
Startaplar oddiy biznesdan farqli ravishda tez o‘sishga, innovatsion yondashuvlarga va global bozorga chiqishga yo‘naltirilgan. Yuqorida qayd qilingan loyihalar esa bu imkoniyatlarni amalda namoyon qilmoqda.
Yirik sarmoyalar va davlatning qo‘llab-quvvatlashi O‘zbekistonni Markaziy Osiyodagi innovatsion markazlardan biriga aylantirish yo‘lida muhim qadam