
Apple kompaniyasi 2026-yil oxirida aqlli ko‘zoynaklarini taqdim etishni rejalashtirmoqda, deb Bloomberg xabar bermoqda.
Bu iPhone kompaniyasining mahsulot assortimentini kengaytirish va sun’iy intellekt qurilmalariga bo‘lgan talabni oshirish navbatdagi mahsulotni taqdim qildi. Apple shu yil oxirigacha xorijiy yetkazib beruvchilar bilan birgalikda ushbu qurilmalarning prototiplarini ishlab chiqarishni boshlaydi.
Ma’lumotlarga ko’ra, Apple kompaniyasi bu borada Reuters so‘roviga hozircha izoh bermagan.
Eslatib o’tamiz, Apple’ning bundan avval ishlab chiqargan virtual ko’rish imkoniyatini beruvchi Vision Pro qurilmasi iliq kutib olinmagan. Vision Pro’ning yuqori narxi va sun’iy intellekt funksiyalardagi kamchiliklar bir qancha e’tirozlar keltirib chiqargan edi.

Apple’ning yangi aqlli ko‘zoynaklari Meta kompaniyasining “Ray-Ban brendi” ostida ishlab chiqarilayotgan mashhur aqlli ko‘zoynaklariga raqobatchi bo‘lishi kutilmoqda.
Shuningdek, Apple atrof-muhitni tahlil qila oladigan kamera o‘rnatilgan Apple Watch loyihasini ham bekor qilgan. Kompaniya 2027-yilgacha ushbu soatni taqdim etmoqchi bo‘lgan edi, biroq bu loyiha to‘xtatilgan.