“Vulcan” roboti ishchilarga raqobatchimi yoki yordamchi?

Amazon o’zining omborxona ishchilarini bosqichma-bosqich robotlar bilan almashtirish jarayonini boshladi. Kompaniya “Vulcan” deb nomlangan yangi robotini tanishtirdi. Bu robot insonlar uchun jismoniy og’ir va xavfli ishlarda yordam beradigan bo’ladi.

“Vulcan” nimalarni bajara oladi?

Amazon yozilishicha, “Vulcan” omborning eng yuqori va eng past javonlaridagi buyumlarni yig’a oladi, bu esa insonlar uchun jismoniy yukni kamaytiradi. Ishchilar esa o’rta qismdagi buyumlarni yoki robot hali bajara olmaydigan murakkab topshiriqlarni bajarishda davom etadi.

Shuningdek, Amazon “Vulcan”ni  joriy etish bilan birga, ba’zi ombor xodimlariga robotik texnika bo’yicha qayta o’qitish imkoniyatini ham taklif qilmoqda. Hozirda ba’zi ombor xodimlari “robot texnikasi”, “texnik xizmat muhandisi” kabi yangi lavozimlarga ega bo’lmoqda.

Kompaniya vakillarining aytishicha, ushbu robotlar buyurtmalarning 75 foizini bajarishda ishtirok etishyapti va ular yuzlab yangi ish toifalarini yaratgan.

Shunga qaramay, bu har bir ishchining o’z ishini robot mutaxassisligi bilan almashtirish mumkin emas. Har kimda bunga layoqat yoki xohish bo’lmasligi mumkin.

Kelajakda qanday bo’ladi?

Texnologik taraqqiyot tufayli 92 million ish o’rni yo’qolishi mumkin, ammo 170 million yangi ish o’rni yaratilishi prognoz qilinmoqda. Shunga qaramay, ushbu o’zgarishlar oddiy ishchilarga qanday ta’sir ko’rsatishi borasida hali aniq ma’lumotlar yo’q.

Ba’zi mutaxassislar fikricha, yaqin kelajakda oddiy lavozimlar o’rnini “avtomatlashtirish nazoratchilari” egallashi mumkin. Masalan, do’konlarda kassir o’rniga bir nafar xodim o’z-o’ziga xizmat qatorini nazorat qilsa, fast foodda oshpaz o’rniga robotni boshqaruvchi inson bo’ladi.

Ammo bu texnologiyalar hozircha faqat Amazon kabi yirik kompaniyalar tomonidan qo’llanmoqda. Ko’pchilik sohalarda – chakana savdo, restoran, haydovchilik – inson mehnati hali uzoq vaqt talab etiladi. Hatto Amazonning “Amazon Go” texnologiyasi ham boshqa do’konlar tomonidan qabul qilinmaganligi uchun oxir-oqibat qisqartirilgan.

Back To Top