
Google sun’iy intellekt sohasidagi yutuqlarini yanada kengaytirib, foydalanuvchilarga videoni matn yoki tasvirlar orqali yaratish imkonini beruvchi yangi vosita – “Flow”ni ishga tushirdi.
Ushbu yangi vosita Google I/O anjumanida boshqa ilg’or texnologiyalar bilan birga taqdim etildi. “Flow “ hozircha AQSHdagi Google AI Pro va Google AI Ultra obunachilari uchun mavjud.
Flow vositasi foydalanuvchilarga 8 soniyalik AI videolarni yaratishga imkon beradi. Bu jarayonda foydalanuvchi matnli topshiriq yoki rasmlarni qisqa ko’rsatmalar asosida yo’naltiradi.
Shuningdek, videolarni professional montaj darajasida birlashtirish uchun “Scenebuilder” funksiyasi ham joriy qilingan.
Google Labs mahsulot menejeri Tomas Ilik namoyish etgan demoda kamera avval televizordagi sahnani ko’rsatib, keyin xona ichini, so’ng ko’chada harakatlanayotgan yuk mashinasini ko’rsatdi. Qiziq tomoni shundaki, bularning barchasi bir nechta buyruq va tasvir asosida AI tomonidan mustaqil ishlab chiqilgan.
Iljikning fikriga ko’ra, Flowning maqsadi uzun videolar yaratish emas. Aksincha, kinoijodkorlarga o’z g’oyalarini tezda “qog’ozga tushirish” imkoniyatini berishdan iborat. Bu texnologiya yaqin kelajakda reklama, film va ijtimoiy media kontentini yaratishda yangi standartlarni belgilashi kutilmoqda.
Google I/O tadbirida yangi modellar:
- Veo 2 – kamera harakati ustidan boshqaruvni o’rnatadi va ob’yektlarni olish tashlash funksiyalarni taklif qiladi;
- Veo 3 – yuqori sifatli video yaratish, uzoq va murakkab buyruqlarni tushunish va ovoz, dialogni avtomatik tarzda generatsiya qilish imkoniyatiga ega;
- Imagen 4 – aniq matn yozilgan tasvirlar yaratadi va eksport formatlarining turini kengaytiradi.