
2025-yil may oyida Taypey shahrida bo‘lib o‘tgan “Computex” texnologiya ko‘rgazmasida NVIDIA katta yangilik bilan chiqdi. Kompaniya endi faqat grafik chiplar emas, balki robotlar va aqlli qurilmalar uchun ham “miya” va “yurak” vazifasini bajara oladigan texnologiyalar ustida ishlayotganini e’lon qildi.

Eng qiziq tomoni — bu yangilik “fizikaviy sun’iy intellekt” deb ataladigan soha rivojining navbatdagi bosqichi sifatida baholanmoqda. Ya’ni bu faqat dastur emas — bu AI (sun’iy intellekt) endi faqat raqamli ko‘rinishda emas, balki real shaklda ham bo‘lishi mumkin. Bunday tizimlar atrof-muhit bilan bevosita harakatlanib, narsalarni ushlab ko‘rishi ham mumkin bo‘ladi.
Ushbu qurilmalar ichida sensorlar (sezuvchi qismlar), mexanik tizimlar va sun’iy intellekt algoritmlari birlashtirilgan bo‘ladi. Bu esa robotlar, aqlli protezlar, yumshoq robototexnika va AI boshqaruviga ega qurilmalar ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.
Asosiy tamoyil — “tana + aql” birlikda ishlashi. Ya’ni qurilmaning tashqi qismi (tana) mexanik yoki yumshoq bo‘lishi mumkin, ichki qismi (miya) esa AI yordamida boshqariladi. Bu texnologiyalar inson yordamiga muhtoj bo‘lmasdan, o‘zi qaror qabul qilib harakatlana oladi.
NVIDIA bu yo‘nalishda bir nechta yangi mahsulotlarni taqdim etdi:

- Blackwell – yangi avlod GPU arxitekturasi;
- NVLink Fusion – kuchli tizimlararo aloqa texnologiyasi;
- Grace Blackwell – superchip (katta hajmli hisoblash uchun).
Bu texnologiyalar SIni chuqurroq o‘rganish, mashinalarni mustaqil fikrlashga o‘rgatish va ularni real dunyo bilan “muloqot” qila olish darajasiga olib chiqish uchun asos bo‘ladi.