OpenAI yangi dasturlash vositasini taqdim etdi

OpenAI dasturchilar uchun yangi, sun’iy intellektga asoslangan dasturlash vositasi — “Codex”ni ishga tushirdi

Bu vosita foydalanuvchilarga internet-brauzer orqali dasturlash vazifalarini bajarishga yordam beradi. U foydalanuvchining topshirig‘iga qarab mustaqil harakat qilishi mumkin.

“Codex” ChatGPT Pro foydalanuvchilari uchun taqdim etilgan va dasturchilarga kod yozish, fayllar orasida harakat qilish, buyruqlarni bajarish va hatto kodni ishga tushirish kabi imkoniyatlarni beradi.

Eng muhim jihatlaridan biri, ushbu SI o‘zining nima qilayotganini tushuntirib bera oladi. Bu esa foydalanuvchiga xatoliklarni tushunishda va to‘g‘rilashda katta yordam beradi.

Yana bir muhim tomoni – bu vosita yopiq, xavfsiz virtual muhitda ishlaydi. Bu foydalanuvchining shaxsiy kompyuteriga zarar yetkazmasdan, xavfsiz tarzda kodlar bilan ishlash imkonini beradi.

Back To Top