
Huawei 19-may kuni o’zining tarixidagi muhim burilishlardan birini e’lon qildi.Ilk bor HarmonyOS 5 tizimida ishlovchi noutbuklarini rasmiy ravishda taqdim etdi.
Bu yangilik nafaqat texnologiya ixlosmandlari, balki global bozorni egallab turgan Microsoft va Apple’ni ham xavotirga solmoqda.
Taqdim etilgan noutbuklar:

Yangi MateBook Fold modeli (egiluvchan) klaviaturasiz bo’lib, ochilganda 18 dyumli LED ikki ekranli ko’rinishga ega. Uning boshlang’ich narxi 23 999 yuanni (tax. $3,328) tashkil etadi.

An’anaviy klaviaturaga ega bo’lgan MateBook Pro esa 13, 14, va 15 dyumli ekranni taklif etadi, narxi esa 7 999 yuandan (tax. $1,110) boshlanadi.
Huawei hali yangi noutbuklarga qaysi chiplar ishlatilganini ochiqlamadi. Biroq kompaniya narxlarning yuqoriligini chip ishlab chiqarishdagi ilg’or texnologiyalar bilan izohladi.
Harmony noutbuki dunyoga yangi tanlovni taqdim etadi. Biz doimo qiyin, lekin to’g’ri yo’lni tanladik, – dedi Huawei iste’molchilar bo’limi rahbari Yu Chendun taqdimot davomida.
Ma’lumot o’rnida, 2019 – yildan beri AQSH Huawei kompaniyasiga Android, Windows va ilg’or chip texnologiyalariga kirishni cheklab qo’ygan. Bu esa Huawei’ni majburan o’zining muqobil tizimlarini yaratishiga sabab bo’ldi.