Amazon Music yangi “Explore” funksiyasini ishga tushirdi

20-may kuni Amazon Music sun’iy intellekt asosida ishlaydigan yangi qidiruv funksiyasi – “Explore”ni taqdim etdi. Ushbu funksiya foydalanuvchilarga sevimli  san’atkorlari haqida  ko’proq  ma’lumot olish, ularning ijodi va hamkorliklari bilan tanishish imkonini beradi.

Bu yangilik Amazon Music Unlimited obunasi narxi oyiga $11 ga oshriliganidan so’ng, foydalanuvchilarga qo’shimcha qiymat taklif etish uchun amalga oshirilgan.

“Explore” funksiyasi hozircha faqat AQShdagi ba’zi iOS foydalanuvchilari uchun test rejimida ishga tushirilgan.

Undan qanday foydalanish mumkin?

Foydalanuvchi ilova ichidagi “Find” (Qidirish) tugmasi orqali san’atkor nomini yozadi va yuqori chap burchakdagi “Explore” yorlig’ini bosadi. Shundan so’ng, sun’iy intellekt asosida ishlab chiqilgan ma’lumotlar sahifasi ochiladi: unda san’atkorning mashhur duetlari, o’xshash ijodkorlar va asosiy qo’shiqlari aks ettiriladi.

Spotify interface mockups showing BLACKPINK search results on three mobile screens

Masalan, foydalanuvchi Jelly Rollni izlasa, tizim uni Lainey Wilson bilan ijro etilgan “Save me” kabi mashhur qo’shiqlari bilan tanishtiradi. Shuningdek, Jelly Rollning T-Pain bilan kuylagan Amazon Music ekskluyuziv coveri – “Should’ve Been a Cowboy” trekini ham ko’rish mumkin.

Back To Top